Your Prostrate.com logo
Google
Web yourprostate.com.au
Yaqinda prezident Barak Obama qarori bilan talabalarning o\ Yaqinda prezident Barak Obama qarori bilan talabalarning o'qish uchun olgan ...
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 187 seconds

Yaqinda prezident Barak Obama qarori bilan talabalarning o'qish uchun olgan kreditni to'lash jarayoni osonlashtirildi. Shuningdek, hukumat yoshlarga bu borada yordamni oshirdi. Bugun bu mamlakatda oliy ta'lim yiliga o'nlab ming dollarga tushadi.


Amerika maktablarida/US schools Amerika maktablarida/US schools
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 171 seconds

Qo'shma Shtatlarda ta'lim sohasi uchun mablag' o'quvchilarning test natijalariga qarab ajratiladi. Ya'ni, a'lochilari ko'p ilm dargohi kattaroq byudjetga ega. Lekin testlar o'quvchining bilimini xolis baholay oladimi? Hukumat mana shu masalani qayta ko'rib chiqmoqda. Kolorado shtatidagi manzara...


Kubada iqtisodiy islohotlar/Cuba privatization Kubada iqtisodiy islohotlar/Cuba privatization
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 217 seconds

Yaqinda Amerika qit'asi davlatlari sammitida Kubaga demokratik islohotlar haqida dashnom bergani uchun prezident Barak Obama baloga qoldi. Oq uyning Kubani chetlatish siyosati, yarim asrlik embargoni qit'adagi 35 davlatdan 33 tasi ensasi qotib tilga oldi. Holbuki, orol mamlakatda iqtisodiy o'zgarishlar boshlab yuborilgan. Siyosatga ham navbat yetadi, degan taxmin bor.


Amerika-Meksika chegarasi eng xavfli hududlardan biri /Arizona Mexico Border Amerika-Meksika chegarasi eng xavfli hududlardan biri /Arizona Mexico Border
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 249 seconds

Arizona shtatining immigratsiya bo'yicha qonunlari ko'p tanqidga uchrab, Oliy Sudda ko'riladigan bo'ldi. Qo'shni Meksikada ahvol notinch, narkotiklar savdosiga qarshi kurash avjida. Amerikada chegarani mustahkamlash kerak, muhojirlar oqimini kamaytirish zarur, deganlar ko'paymoqda. "Amerika Ovozi" Arizonaning Meksika bilan chegaradosh hududiga borib, vaziyatni o'rgandi.


AQShda biznes qilish sirlari/How to do business in US AQShda biznes qilish sirlari/How to do business in US
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 334 seconds

Amerikada mayda va o'rta biznes keng rivojlangan. Sabab -- tadbirkorlik uchun sharoit bor, qog'ozbozlik, pora va tekshir-tekshirni ko'rmaysiz. Biznesni ro'yxatdan o'tkazishga ko'p vaqt va asab ketmaydi. Amerikada ish ochish uchun nima qilish kerak, nimalarga e'tibor berish kerak?


Obamaning saylovoldi kampaniyasi/Obama Campaign Obamaning saylovoldi kampaniyasi/Obama Campaign
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 209 seconds

Prezident Barak Obama 2016-yilgacha Oq uyda qolishni ko'zlar ekan, saylov kampaniyasi avjida. Saylovlargacha yana olti oy bor. Prezident sog'liqni saqlash, ta'lim va iqtisodiyotga katta urg'u bermoqda.


Amerika Manzaralari, 14-may/Exploring America, May 14 2012 Amerika Manzaralari, 14-may/Exploring America, May 14 2012
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 1801 seconds

Har dushanba Toshkent vaqt bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.


Vashingtonda xalqaro hunarmandchilik ko\ Vashingtonda xalqaro hunarmandchilik ko'rgazmasi/Smithsonian Craft Show
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 208 seconds

Vashingtonda o'tadigan Smitson hunarmandchilik ko'zgazmasi xalqaro maydondagi eng yirik va nufuzlisi. Unda qatnashish oson emas - jiddiy tanlovdan o'tish kerak. Bu yilgi tadbirga 100 dan ortiq hunarmand taklif qilindi. Sopol, oyna, metall, yog'och -- tabiatda bor materialdan san'at namunalari, jihoz, kiyim-bosh, taqinchoqlar yasalgan. Haqiqiy durdonalar...


Nogironlar uchun ishlash imkoniyatlari/Michigan Disabled Workers Nogironlar uchun ishlash imkoniyatlari/Michigan Disabled Workers
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 218 seconds

Amerikada yoshi 18 dan 64 gacha bo'lganlarning 20 million nafari nogiron. Ularning qariyb 80 foizi ishsiz. Huquq faollari fikricha, bunga sabab - ish joylarida nogironlar ehtiyojlariga javob beradigan sharoit yaratilmagani. Lekin imkoniyati cheklangan insonlarga yordam qo'lini cho'zayotgan, ular uchun ish joylarini yaratayotgan tashkilot va tadbirkorlar ham ko'p.


AQShdan deportatsiya/Deportations of illegal immigrants AQShdan deportatsiya/Deportations of illegal immigrants
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 200 seconds

Immigratsiya Amerikada eng nozik va shov-shuvli masalalardan biri, ayniqsa saylovlar arafasida. Bu mamlakatga noqonuniy ravishda kirib, hujjatsiz yashab yurgan millionlab muhojir bor. Ularni deportatsiya qilgan ma'qulmi yoki fuqarolikka yo'l ochish kerakmi? Amerikada tug'ilgan farzandlariga nima bo'ladi?


Nyu-Yorkning osmono\ Nyu-Yorkning osmono'par binolariga yaqindan nazar/NEW YORK BY GEHRY
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 165 seconds

G'arbiy yarimshardagi eng baland imorat Nyu-Yorkda, Ist River daryosi bo'yida joylashgan. Balandligi 264 metr bu bino taniqli arxitektor Frenk Geri ijodi namunasi.


Yangi Orlean bugun ancha yangilangan, New Orleans, seven years after Katrina Yangi Orlean bugun ancha yangilangan, New Orleans, seven years after Katrina
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 315 seconds

2005-yil 29-avgust kuni Qo'shma Shtatlarning janubi-sharqiy sohili 12 soat davomida kuchli to'fon urib, Yangi Orlean shahri suv tagida qolib ketgan edi. Soatiga 233 kilometr tezlikda esgan shamol 1700 odam hayotiga zomin bo'ldi, yuz minglab odamlar boshpanasiz qoldi. Oradan yetti yil o'tdi, shahar hamon tiklanmoqda.


Los-Anjeles, etnik-irqiy mojarolardan 20 yil o\ Los-Anjeles, etnik-irqiy mojarolardan 20 yil o'tib /LA Riots 20 years
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 176 seconds

Bundan 20 yil avval Los-Anjeles shahrida qonli to'qnashuvlar yuz berib, 53 odam halok bo'lgan edi. Binolar vayron qilingan, 1 milliard dollarga teng zarar ko'rilgan edi. Fojia amerikaliklarga katta saboq bo'lgan.


AQSh-Afg\ AQSh-Afg'oniston strategik hamkorlik bitimi/US-Afghan strategic partnership treaty
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 292 seconds

Ikki davlat rahbarlari strategik hamkorlik bitimiga imzo chekdi. Bu hujjat kelasi ikki yil va 2014-yilda Amerika qo'shinlari afg'on zaminini tark etgandan keyingi aloqalar uchun zamin yaratadi. Xavfsizlikni ta'minlash, iqtisodiy yordam va boshqaruvni mustahkamlash uchun AQSh milliardlab dollar ajratishga qaror qilgan.


Alyaska qabila yetakchisi - xalqaro mukofot sovrindori/Caroline Cannon, Goldman Winner Alyaska qabila yetakchisi - xalqaro mukofot sovrindori/Caroline Cannon, Goldman Winner
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 251 seconds

Alyaskadagi mahalliy qabila sardori Kerolin Kennon (Caroline Cannon) atrof-muhit muhofazachilariga beriladigan nufuzli mukofotga sazovor bo'ldi. Amerika sohillari bo'yida neft va Arktikadan gaz qazish rejasiga qarshi kurashi uchun taqdirlandi. "Goldmen" (Goldman) nomidagi mukofot dunyo bo'ylab bu yo'nalishda ish olib borayotgan olti faolga beriladi.


Raqamli texnologiyaga asoslangan kutubxonlaar/Digital libraries Raqamli texnologiyaga asoslangan kutubxonlaar/Digital libraries
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 186 seconds

Qator davlatlarda kutubxonalar raqamli texnologiyaga o'tmoqda. Yangi tizimlar yaxshi, deydi mutaxassislar, lekin bosma asarlarni ham qo'ldan boy bermaslik kerak.


Bola boqib olish azobi va quvonchlari/Russia Adoptions Bola boqib olish azobi va quvonchlari/Russia Adoptions
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 264 seconds

Rossiya hukumati amerikaliklarga bu davlatdan bola asrab olishni man etmoqchi. Sabab, deya qayd etadi Kreml, ayrim amerikalik ota-onalar go'daklarga qo'pol munosabatda bo'lgan. Shu kunga qadar 60 ming rossiyalik bola AQShda boqib olingan. Ularning aksariyati baxtiyor, deydi ota-onalar. "Amerika Ovozi" Texas shtatiddagi bir oilada bo'ldi.


Bosma kitoblardan internetga... Online Books Bosma kitoblardan internetga... Online Books
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 249 seconds

Elektron kitoblar ketidan bozorda raqamli darsliklar paydo bo'ldiyu Amerikada o'quvchi bolalar hayoti o'zgardi. O'rta va katta sinflar darsliklarni internetda o'qimoqda.


Erkin savdo... AQSh-Janubiy Koreya/US South Korea free trade Erkin savdo... AQSh-Janubiy Koreya/US South Korea free trade
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 169 seconds

Yaqinda AQSh-Janubiy Koreya o'rtasida erkin savdo bitimi kuchga kirdi. Prezident Barak Obamaning aytishicha, bu kelishuv natijasida Amerikada 70 ming ish o'rinlari yaratiladi. Ammo ayrim iqtisodchilar bu hisobdan yiroq. "Amerika Ovozi" Osiyoga darvoza bo'lmish Kaliforniya portlarida bo'lib, tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.


Narkotik dorilarga o\ Narkotik dorilarga o'rgangan askarlar ko'p/US Veterans High Risk Opiates
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 223 seconds

Amerika askarining Afg'onistonda 17 odamni o'ldirishi e'tiborni jang maydonida yurgan harbiylarning ruhiy salomatligiga qaratdi. Yaqinda Iroq va Afg'oniston urushi faxriylari orasida o'tkazilgan tadqiqot natijasida shu ma'lum bo'ldiki, ular ko'proq narkotik preparatlarga bog'lanib qolgan.


Jahon bir daqiqa ichida, 30-aprel, 2012-yil Jahon bir daqiqa ichida, 30-aprel, 2012-yil
Posted by: AmerikaOvoziUZBEK

Video duration: 68 seconds

Jahondagi bugungi muhim voqealar


PROSTATE HOME | SITEMAP | ARTICLES | NEWS ARCHIVE