Video scenes shots:

Watch the video:
Other videos by this author:
![]() |
Vashingtondagi azim madaniy dargoh, Howard Theater Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 237 seconds 1910-yildan beri Xovard teatri afro-amerikalik xonanda va sozandalar beshigi sanaladi. Ella Fitsjerald va Dyuk Ellington kabi yulduzlar shu dargohdan boshlagan faoliyatini. 1980-yildan keyin teatr xarob ahvolga kelib, buzilishi kutilgan edi. Lekin san'at ixlosmandlari birlashib, imoratni saqlab qolishga va avvalgi mahobatini tiklashga kirishdi. |
![]() |
GPS va dehqonchilik/GPS farming Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 112 seconds Bahorning so'nggi kunlari... Dehqon dalada. Amerikalik fermerlar ekin ekish va hosil olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Kamroq o'g'it ishlatish, demak mahsulot narxini pasaytirish va tabiatni asrashda yordam beradi bu. Hozirgi kunda fermalar GPS navigatsiya tizimi bilan jihozlangan. |
![]() |
Amerikada xayriya/Charity in the US Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 212 seconds Xayriya - Amerika jamiyatining ajralmas qismi. Dunyoda eng saxiy davlat hisoblanadi. Undan keying o'rinlarni Avstraliya, Yangi Zelandiya va Britaniya egallaydi. Boshqa bir izlanishga ko'ra esa 2010-yilda Qo'shma Shtatlarda berilgan xayr-sadaqaning 73 foizi oddiy fuqarolar karmonidan chiqqan. 200 milliard dollardan oshiq pul. Xo'sh, amerikaliklar nega bunday hotamtoy? |
![]() |
Yoshlar, ishsizlik va iqtisod/College Graduates Unemployment Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 152 seconds Yaqinda AQSh talabalarining umumiy qarzi bir trillion dollarga yetdi. Mamlakat universitetlari bo'ylab namoyishlar... Ishsizlik o'rtacha sakkiz foiz atrofida ekan, oliygoh bitiruvchilarini mavhum kelajak kutmoqda. |
![]() |
AQSh kiyim-kechak sanoatida/US made clothing Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 169 seconds Oxirgi bir necha o'n yilda Amerika kompaniyalari xorijda, mehnat va xomashyo arzon davlatlarda, ishlashni ma'qul topdi. To'qimachilik sanoatida ham shunga guvohmiz. Lekin AQShning o'zida ishlab chiqarilgan mahsulotga talab ortar ekan, qator kompaniyalar vatanga qaytmoqda. |
![]() |
Amerika Manzaralari, 21-may/Exploring America, May 21, 2012 Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 1801 seconds Har dushanba Toshkent vaqt bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi. |
![]() |
Qarzdor talabalarga yordam/Student Loan Program Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 187 seconds Yaqinda prezident Barak Obama qarori bilan talabalarning o'qish uchun olgan kreditni to'lash jarayoni osonlashtirildi. Shuningdek, hukumat yoshlarga bu borada yordamni oshirdi. Bugun bu mamlakatda oliy ta'lim yiliga o'nlab ming dollarga tushadi. |
![]() |
Amerika maktablarida/US schools Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 171 seconds Qo'shma Shtatlarda ta'lim sohasi uchun mablag' o'quvchilarning test natijalariga qarab ajratiladi. Ya'ni, a'lochilari ko'p ilm dargohi kattaroq byudjetga ega. Lekin testlar o'quvchining bilimini xolis baholay oladimi? Hukumat mana shu masalani qayta ko'rib chiqmoqda. Kolorado shtatidagi manzara... |
![]() |
Kubada iqtisodiy islohotlar/Cuba privatization Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 217 seconds Yaqinda Amerika qit'asi davlatlari sammitida Kubaga demokratik islohotlar haqida dashnom bergani uchun prezident Barak Obama baloga qoldi. Oq uyning Kubani chetlatish siyosati, yarim asrlik embargoni qit'adagi 35 davlatdan 33 tasi ensasi qotib tilga oldi. Holbuki, orol mamlakatda iqtisodiy o'zgarishlar boshlab yuborilgan. Siyosatga ham navbat yetadi, degan taxmin bor. |
![]() |
Amerika-Meksika chegarasi eng xavfli hududlardan biri /Arizona Mexico Border Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 249 seconds Arizona shtatining immigratsiya bo'yicha qonunlari ko'p tanqidga uchrab, Oliy Sudda ko'riladigan bo'ldi. Qo'shni Meksikada ahvol notinch, narkotiklar savdosiga qarshi kurash avjida. Amerikada chegarani mustahkamlash kerak, muhojirlar oqimini kamaytirish zarur, deganlar ko'paymoqda. "Amerika Ovozi" Arizonaning Meksika bilan chegaradosh hududiga borib, vaziyatni o'rgandi. |
![]() |
AQShda biznes qilish sirlari/How to do business in US Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 334 seconds Amerikada mayda va o'rta biznes keng rivojlangan. Sabab -- tadbirkorlik uchun sharoit bor, qog'ozbozlik, pora va tekshir-tekshirni ko'rmaysiz. Biznesni ro'yxatdan o'tkazishga ko'p vaqt va asab ketmaydi. Amerikada ish ochish uchun nima qilish kerak, nimalarga e'tibor berish kerak? |
![]() |
Obamaning saylovoldi kampaniyasi/Obama Campaign Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 209 seconds Prezident Barak Obama 2016-yilgacha Oq uyda qolishni ko'zlar ekan, saylov kampaniyasi avjida. Saylovlargacha yana olti oy bor. Prezident sog'liqni saqlash, ta'lim va iqtisodiyotga katta urg'u bermoqda. |
![]() |
Amerika Manzaralari, 14-may/Exploring America, May 14 2012 Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 1801 seconds Har dushanba Toshkent vaqt bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi. |
![]() |
Vashingtonda xalqaro hunarmandchilik ko'rgazmasi/Smithsonian Craft Show Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 208 seconds Vashingtonda o'tadigan Smitson hunarmandchilik ko'zgazmasi xalqaro maydondagi eng yirik va nufuzlisi. Unda qatnashish oson emas - jiddiy tanlovdan o'tish kerak. Bu yilgi tadbirga 100 dan ortiq hunarmand taklif qilindi. Sopol, oyna, metall, yog'och -- tabiatda bor materialdan san'at namunalari, jihoz, kiyim-bosh, taqinchoqlar yasalgan. Haqiqiy durdonalar... |
![]() |
Nogironlar uchun ishlash imkoniyatlari/Michigan Disabled Workers Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 218 seconds Amerikada yoshi 18 dan 64 gacha bo'lganlarning 20 million nafari nogiron. Ularning qariyb 80 foizi ishsiz. Huquq faollari fikricha, bunga sabab - ish joylarida nogironlar ehtiyojlariga javob beradigan sharoit yaratilmagani. Lekin imkoniyati cheklangan insonlarga yordam qo'lini cho'zayotgan, ular uchun ish joylarini yaratayotgan tashkilot va tadbirkorlar ham ko'p. |
![]() |
AQShdan deportatsiya/Deportations of illegal immigrants Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 200 seconds Immigratsiya Amerikada eng nozik va shov-shuvli masalalardan biri, ayniqsa saylovlar arafasida. Bu mamlakatga noqonuniy ravishda kirib, hujjatsiz yashab yurgan millionlab muhojir bor. Ularni deportatsiya qilgan ma'qulmi yoki fuqarolikka yo'l ochish kerakmi? Amerikada tug'ilgan farzandlariga nima bo'ladi? |
![]() |
Nyu-Yorkning osmono'par binolariga yaqindan nazar/NEW YORK BY GEHRY Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 165 seconds G'arbiy yarimshardagi eng baland imorat Nyu-Yorkda, Ist River daryosi bo'yida joylashgan. Balandligi 264 metr bu bino taniqli arxitektor Frenk Geri ijodi namunasi. |
![]() |
Yangi Orlean bugun ancha yangilangan, New Orleans, seven years after Katrina Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 315 seconds 2005-yil 29-avgust kuni Qo'shma Shtatlarning janubi-sharqiy sohili 12 soat davomida kuchli to'fon urib, Yangi Orlean shahri suv tagida qolib ketgan edi. Soatiga 233 kilometr tezlikda esgan shamol 1700 odam hayotiga zomin bo'ldi, yuz minglab odamlar boshpanasiz qoldi. Oradan yetti yil o'tdi, shahar hamon tiklanmoqda. |
![]() |
Los-Anjeles, etnik-irqiy mojarolardan 20 yil o'tib /LA Riots 20 years Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 176 seconds Bundan 20 yil avval Los-Anjeles shahrida qonli to'qnashuvlar yuz berib, 53 odam halok bo'lgan edi. Binolar vayron qilingan, 1 milliard dollarga teng zarar ko'rilgan edi. Fojia amerikaliklarga katta saboq bo'lgan. |
![]() |
AQSh-Afg'oniston strategik hamkorlik bitimi/US-Afghan strategic partnership treaty Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 292 seconds Ikki davlat rahbarlari strategik hamkorlik bitimiga imzo chekdi. Bu hujjat kelasi ikki yil va 2014-yilda Amerika qo'shinlari afg'on zaminini tark etgandan keyingi aloqalar uchun zamin yaratadi. Xavfsizlikni ta'minlash, iqtisodiy yordam va boshqaruvni mustahkamlash uchun AQSh milliardlab dollar ajratishga qaror qilgan. |
![]() |
Alyaska qabila yetakchisi - xalqaro mukofot sovrindori/Caroline Cannon, Goldman Winner Posted by: AmerikaOvoziUZBEK
Video duration: 251 seconds Alyaskadagi mahalliy qabila sardori Kerolin Kennon (Caroline Cannon) atrof-muhit muhofazachilariga beriladigan nufuzli mukofotga sazovor bo'ldi. Amerika sohillari bo'yida neft va Arktikadan gaz qazish rejasiga qarshi kurashi uchun taqdirlandi. "Goldmen" (Goldman) nomidagi mukofot dunyo bo'ylab bu yo'nalishda ish olib borayotgan olti faolga beriladi. |






















